Allergologiya
Horev Medicalda allergologiya: Amerika Allergologiya akademiyasining tavsiyalari — 12 yosh va undan katta bemorlarda mavsumiy rinitni davolashning birinchi qatori sifatida intranazal kortikosteroidlar.
Horev Medicalda allergologiya: Amerika Allergologiya akademiyasining tavsiyalari — 12 yosh va undan katta bemorlarda mavsumiy rinitni davolashning birinchi qatori sifatida intranazal kortikosteroidlar.
Allergik tumov
Amerika Allergologiya, Astma va Immunologiya akademiyasining tavsiyalari
- 12 yosh va undan katta shaxslarda mavsumiy allergik rinitni boshlang'ich davolashda
intranazal kortikosteroidlar va peroral antigistamin preparatlar kombinatsiyasi o'rniga,
intranazal kortikosteroidlar bilan monoterapiya tayinlanadi. Intranazal
kortikosteroidlardan to'liq samara bo'lmasa, peroral antigistamin qo'shilishi mumkin.
- 15 yosh va undan katta shaxslarda mavsumiy allergik rinitni boshlang'ich davolashda
leykotrien retseptorlari antagonistlari o'rniga, intranazal kortikosteroidlar bilan davolash
tavsiya etiladi.
- 12 yosh va undan katta shaxslarda o'rtacha va og'ir darajadagi mavsumiy allergik rinitni
davolash uchun birlamchi davolanish sifatida intranazal kortikosteroidlar va intranazal
antigistamin preparatlar (azelastin) kombinatsiyasi tavsiya etiladi.
(Ichki tibbiyot jurnali, 2017-yil 12-dekabr)
Malavida (Janubiy Afrika) bolalarni malyariyadan qisman himoya qiluvchi dunyodagi birinchi vaksinaning keng ko'lamli pilot sinovi boshlanmoqda, deb yozadi BBC. Vaksina immunitetni shunday faollashtiradiki, tananing o'zi malyariya parazitiga hujum qiladi. Ilgari o'tkazilgan tadqiqotlar ko'rsatishicha, 5-17 oylik bolalarning deyarli 40 foizi vaksina tufayli malyariyadan himoyalangan.Qabulga yoziling — qulay vaqtni tanlaymiz.