O'smirlarda odatiy davolanishga chidamli psoriaz holatlarini davolash uchun dori vositasi qo'llashga ruxsat etildi
USTEKINUMAB – STELARA
Birinchi ikkita teri ostiga in'eksiya 4 hafta oraliqda qilinadi, so'ngra har 12 haftada qo'llab-quvvatlovchi davolanish o'tkaziladi.
(Janssen Biotech firmasi)
MDU xodimlari qarish va uning hujayralarning asosiy jarayonlariga (autofagiya, mitoxondriyalar — "hujayralarning energostantsiyalari" — ishi va oksidlovchi stress) ta'sirini o'rganishdi, deb xabar bermoqda "Lenta.RU". Shu bilan birga, yoshga bog'liq buyrak yetishmovchiligini davolashning istiqbolli usullari ham e'lon qilindi. Ma'lumki, autofagiya jarayonida hujayralar o'zlarining shikastlangan tarkibiy qismlarini parchalaydi va qayta ishlaydi. U o'tkir buyrak yetishmovchiligining ayrim turlarida, sepsisda va buyrakning ishemik kasalligida faollashadi. Organizm qariy borgani sari autofagiya jarayonining samaradorligi pasayadi. Natijada oksidlangan oqsillar va hujayraning shikastlangan elementlari, jumladan mitoxondriyalar to'plana boshlaydi. Natijada keksa odamlarning buyraklarida nuqsonli oqsillar, lipidlar, nuklein kislotalar va turli hujayra organellalari to'planadi. Isbotlanganki: ovqatlanishni cheklash (yuklamadan ozod parhez terapiyasi) autofagiya jarayonlarini faollashtiradi va buyrakdagi yoshga bog'liq patologik o'zgarishlarni kamaytiradi. Masalan, bir necha hafta davomida ovqat iste'molini 30–40% gacha qisqartirish buyrakning o'tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga chidamliligini oshirishi mumkin. Ayni paytda kaloriya pasayishiga taqlid qiluvchi dorilar ham mavjud (rapamitsin). Bundan tashqari olimlar maxsus mitoxondriyalarga yo'naltirilgan terapiyaga umid qilishmoqda. Sir emaski, o'tkir buyrak yetishmovchiligida hatto yosh organizm hujayralarining mitoxondriyalari ham qattiq shikastlanadi, qarish jarayoni esa o'z-o'zidan mitoxondriyalar ishini buzilishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan, mitoxondriyalarga maxsus yo'naltirilgan antioksidantlar — maxsus mitoxondrial ROS qabul qiluvchi (Mito TEMPO), SS-31 peptidlari va MDUda ishlab chiqilgan SkQ guruhidagi birikmalar o'zini yaxshi ko'rsatdi.