Amerikalik olimlarning kashfiyoti — noyob sintetik birikma D-PDMP sochning to'kilishi, rangsizlanishi va teri yallig'lanishini to'xtatishga qodir. U yallig'lanish jarayonlarini faollashtirishda ishtirok etadigan glikosfingolipid yog'lari sintezini sekinlashtiradi, deb xabar beradi "Lenta.RU". Mutaxassislar so'zlariga ko'ra, ratsioni yog' va xolesteringa boy bo'lgan kemiruvchilarda terining qarish belgilari erta namoyon bo'ladi. Lekin D-PDMP yog'larning salbiy ta'siriga qarshi tura oladi. Tajriba doirasida olimlar tajriba kemiruvchilarini guruhlarga bo'lishgan. Bir guruh 12-haftalik yoshdan boshlab yog' va xolesteringa boy ozuqa bilan, ikkinchisi esa odatdagi oziq-ovqat bilan oziqlangan. Birinchilarida terining qarish belgilari, jumladan jun to'kilishi va yallig'lanish o'choqlari paydo bo'la boshlagan. 20-haftalik yoshdan boshlab kemiruvchilarga D-PDMP berila boshlangan. Ma'lum bo'lishicha: tana vazni kilogrammiga 1 dan 10 milligrammgacha bo'lgan dozalar 16 hafta ichida teri holatini sezilarli darajada yaxshilagan. Bundan tashqari, teri hujayralarida yallig'lanish reaktsiyalarini faollashtiruvchi glikosfingolipid laktozilseramid miqdori kamaygan. Tadqiqot xulosalari odamlar uchun ham dolzarbdir, deb hisoblaydi olimlar.
Bolalikda tana energiyasining deyarli yarmi miya tomonidan iste'mol qilinadi. Va bu dalil insonning vazni bilan bevosita bog'liq, deb yozadi Xinhua. Shimoliy-G'arbiy universitet va Nyu-York universitetining Tibbiyot maktabi quyidagicha hisoblaydi: miyaning energiyaga ehtiyojidagi o'zgarishlar (energiyadan foydalanish vaqti, intensivligi, davomiyligi) energiya sarflash va vazn ortishi modellariga ta'sir qiladi. Olimlarni bu g'oyaga 2014 yilgi tadqiqot olib keldi, u miya tomonidan energiya iste'molining cho'qqisi besh yoshda yuz berishini ko'rsatdi. Shuningdek, aniqlanishicha: miya energiya sarfining oshishini talab qiluvchi bolalik yoshi vazn ortishi ko'rsatkichlari kamayadigan yosh bilan mos keladi. Shu bilan birga, katta yoshda miyaning energiyaga ehtiyoji pasayganda, vazn ortish tezligining oshishi sodir bo'ladi. Bularning barchasi quyidagi xulosani chiqarishga imkon berdi: odamlarning bolalari boshqa sutemizuvchilarning avlodlariga qaraganda ancha sekinroq rivojlanadi, qisman ularning miyasi rivojlanish uchun ko'proq energiya talab qilgani sababli. Mutaxassislarning fikricha, miyaning energiya sarfining oshishi bolaning erta rivojlanishi va uning vaznini nazorat qilish nuqtai nazaridan ijobiy omil bo'lishi mumkin.