Ish vaqtiDu-Ju 08:00-18:00; Sha 08:00 - 17:00; Yakshanba — dam olish kuni; Statsionar 24/7Maxtumquli ko'chasi, 49, Toshkent
Maqola· 1 daqiqa o'qish

Avstraliyalik olimlar Alsgeymer kasalligiga qarshi yangi dorini sinab ko'rmoqda

Avstraliyalik olimlar kortizol (stress gormoni) darajasini pasaytiruvchi Xanamem — Alsgeymer kasalligiga qarshi dorini sinovdan o'tkazmoqda.

Bugungi kunda miyani zararlaydigan, xulq-atvorni o'zgartirib, xotirani yomonlashtiradigan kasallikka qarshi terapiya mavjud emas. Butun dunyo bo'ylab Alsgeymer kasalligi taxminan 50 million kishida aniqlangan.

Yangi vosita — Xanamem — kortizol (stress gormoni) darajasini pasaytirish orqali ishlaydi. Ushbu gormonning yuqori konsentratsiyasi Alsgeymer kasalligini keltirib chiqarishi mumkinligi ma'lum. Ishlab chiquvchilarning ta'kidlashicha, vosita nafaqat bemorlar holatini yaxshilash, balki kasallikning rivojlanishini orqaga qaytarish va hatto oldini olish imkonini beradi.

Yaqinda yana bir terapiya sinovdan o'tkazildi. Xitoylik tadqiqotchilar Alsgeymer kasalligini davolashda xolesterinni nazorat qiluvchi preparat (gemfibrozil) va sintetik birikma — pirinik kislotasidan qanday foydalanish mumkinligini aniqladilar.

Qabulga yozilish

Sizga kerak maslahat?

Qabulga yoziling — qulay vaqtni tanlaymiz.

Yozilish