Psixologlar stressni kamaytirishning haqiqatan samarali usuli haqida gapirdi
Michigan universiteti: telefonsiz tabiatda 20-30 daqiqalik sayr kortizol darajasini sezilarli ravishda kamaytiradi.
Michigan universiteti: telefonsiz tabiatda 20-30 daqiqalik sayr kortizol darajasini sezilarli ravishda kamaytiradi.
Michigan universiteti isbotladi: ruhiy salomatlikni tiklash va stressni yengish uchun tabiatda atigi 30 daqiqa kifoya. Ammo muhim shart — bu yarim soat davomida telefon va internet o'chirilgan bo'lishi kerak.
Mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, bo'shashtiruvchi ta'sirni barglarning shitirlashi, o't-o'lanlarning yashilligi va tabiat hidlari beradi. Natijada insonda stress gormoni — kortizol darajasi pasayadi. Uning konsentratsiyasi ortishi bir necha bor surunkali stress, semizlik, immunitet tizimining zaiflashishi, yurak-qon tomir kasalliklari va depressiya bilan bog'lanib kelgan.
Olimlar 36 ko'ngillini taklif qilib tajriba o'tkazdilar. Ulardan haftasiga kamida uch marta tabiatda kamida 10 daqiqa sayr qilish talab etildi. Sayrdan oldin, jarayonda va tajribadan keyin kortizol darajasi o'lchanardi. Sayrlar qat'iyan kunduzi bo'lishi kerak edi. Sayr paytida sport bilan shug'ullanish, internetdan, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, telefonda gaplashish, shaxsiy suhbat olib borish va o'qish taqiqlangan edi.
Ma'lum bo'lishicha, hatto tabiatda 20 daqiqalik sayr ham kortizol darajasini sezilarli kamaytirish uchun yetarli ekan. Ammo gormon konsentratsiyasidagi eng katta o'zgarishlarni qishloq joyida 20-30 daqiqalik sayrdan keyin kuzatish mumkin edi.
Qabulga yoziling — qulay vaqtni tanlaymiz.