Olimlar sun'iy miya yaratishga yaqinlashdi
Melburn texnologiya universiteti turli to'lqin uzunlikdagi yorug'lik orqali xotiralarning shakllanishi va yo'qolishini taqlid qiluvchi mikrochip-sun'iy sinaps yaratdi.
Melburn texnologiya universiteti turli to'lqin uzunlikdagi yorug'lik orqali xotiralarning shakllanishi va yo'qolishini taqlid qiluvchi mikrochip-sun'iy sinaps yaratdi.
Melburn qirollik texnologiya universiteti bosh miyaning biologik funksiyalarini taqlid qiluvchi mikrochip yaratdi. Bu xotiralarni shakllantirish va saqlash imkonini beradi. Asosida optogenetika - jarayonni yorug'lik ta'siri yordamida boshqarish qobiliyati yotadi.
Mikrochip yorug'lik to'lqinlaridan foydalanib, elektr qarshiligini musbatdan manfiyga o'zgartiradi, bu esa nerv aloqalarining shakllanishi va uzilishiga teng. Bu xotiralarni yaratish va ularning yo'qolishi bilan bog'liq. Ya'ni turli uzunlikdagi yorug'likka sezgir sun'iy sinaps (neyronlarning birlashish joyi) yaratildi. Olimlar turli rangdagi yorug'lik yordamida sinapsni faollashtirgan yoki o'chirgan.
Bunday tizim yangi avlod sun'iy intellekt asosini tashkil etishi mumkin. U haqiqiy odam kabi rivojlanadi va o'rganadi, yangi xotiralarni shakllantiradi va keraksiz ma'lumotlarni o'chiradi. Bundan tashqari, tadqiqot neyrodegenerativ kasalliklarga oydinlik kiritadi.
Qabulga yoziling — qulay vaqtni tanlaymiz.