Fikr bilan boshqariladigan ekzoskelet falajlangan odamni oyoqqa turg'azdi
Yiqilgandan keyin falajlangan fransuz bemorni miyaga implantatsiya qilingan sensorlar orqali fikr kuchi bilan boshqariladigan noyob ekzoskelet oyoqqa turg'azdi.
Yiqilgandan keyin falajlangan fransuz bemorni miyaga implantatsiya qilingan sensorlar orqali fikr kuchi bilan boshqariladigan noyob ekzoskelet oyoqqa turg'azdi.
Miya kuchi bilan boshqariladigan noyob ekzoskelet yiqilgandan keyin falajlangan fransuz bemorni oyoqqa turg'azdi. Tizimni o'zlashtirish uchun bir necha oy davomida mashq qilish lozim bo'ldi (bemor avval miya signallari yordamida kompyuter avatarini boshqarishni o'rgandi).
Bemorning o'z so'zlariga ko'ra, unga harakatlarni qaytadan o'rganishga to'g'ri kelgan. Hozirgi vaqtda u kompyuter dasturidagi avatar yordamida ekzoskeletda yurish va to'xtashni o'rgandi. Ma'lumki, olimlar bemorga miya va bosh suyak qutisi orasidagi sohaga ikkita yozish qurilmasini implantatsiya qilishgan.
Ushbu qurilmalar bosh miya sensomotor po'stlog'ining signallarini o'qigan. Ushbu qabul qiluvchi tizimning har bir elementi miya signallarini uzatadi. Keyinchalik bu signallar algoritm yordamida talqin qilinib, bemor o'ylab topgan harakatga aylantiriladi. Ya'ni bu ekzoskelet bajaradigan jismoniy buyruqlarni yuboradigan tizimdir.
Qabulga yoziling — qulay vaqtni tanlaymiz.