Surunkali qabziyat – bir necha soatlab stulda o'tirib ishlashga majbur bo'lgan zamonaviy odamlarning odatdagi muammosi. Natural jurnali tadqiqot natijalari haqida xabar berdi, unda ko'rsatilishicha, bu nozik muammodan xalos bo'lish uchun samarali vosita kividir, deb yozadi healthinfo. «Har kuni kivi iste'mol qilish surunkali qabziyatdan xalos bo'lishga yordam beradi», – deyiladi nashrda mutaxassislar fikri sifatida. Olimlar eksperimental tarzda kivining hazm jarayoniga ta'sirini tekshirdi. An'anaviy xitoy tibbiyotida kivi antioksidantlar va kletchatka miqdorining yuqoriligi tufayli hazm trakti a'zolari funksiyalarini yaxshilovchi meva sifatida tavsiflanadi. Olimlar tomonidan o'tkazilgan tajribada surunkali qabziyat bilan kechadigan ta'sirlangan ichak sindromi tashxisi qo'yilgan odamlar ishtirok etdi. Sinov shartlariga ko'ra ishtirokchilar to'rt hafta davomida har kuni kivi iste'mol qilishlari kerak edi. Natijada, olimlar xabar berishicha, ko'ngillilarda «najasning yumshoqligi va hajmi yaxshilandi, teskari ta'sir – qabziyat kuzatilmadi». Tadqiqotchilar mazkur ijobiy ta'sir kividagi pektinning oshqozon-ichak traktiga ta'siri hisobiga erishilganini qayd etdi.
Statistika shafqatsiz: dunyoda yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida o'lim sonining o'sishi qayd etilmoqda. Va Amerika oziqlanish jamiyati buning sababini odamlar ratsionidagi meva va sabzavotlarning kamligida ko'radi, deb yozadi «Rossiyskaya gazeta». Mutaxassislar ta'kidlashicha, yurak kasalliklaridan o'limning taxminan har yettinchi holati meva iste'molining pastligi bilan, har 12-nchisi esa sabzavot defitsiti bilan bog'liq. Eng aniq salbiy ta'sirni yoshlar, ayniqsa erkaklar misolida ko'rish mumkin. Odatda ayollar o'simlik ovqatlarini ko'proq iste'mol qilishadi. Dietologlar ta'kidlashicha, meva va sabzavotlar har qanday odam uchun ovqatlanishning eng muhim tarkibiy qismi bo'lib, erta o'limni oldini olishi mumkin. Shu bilan birga, butun dunyoda asosiy ustuvorlik odamlarni kaloriyalar, vitaminlar bilan ta'minlash, tuz va shakar iste'molini kamaytirishga qaratilgan. Amerikalik mutaxassislarning fikricha, kuniga 300 gramm meva va dukkakli o'simliklar bilan birga 400 gramm sabzavot iste'mol qilish kerak.