Ish vaqtiDu-Ju 08:00-18:00; Sha 08:00 - 17:00; Yakshanba — dam olish kuni; Statsionar 24/7Maxtumquli ko'chasi, 49, Toshkent
Maqola· 1 daqiqa o'qish

O'rta dengiz dietasi — erektil disfunktsiyaga qarshi samarali himoya

25 000 erkak ishtirokidagi 10 yillik tahlil: O'rta dengiz dietasi va mevalardagi flavonoidlar erektil disfunktsiya xavfini 14% ga kamaytiradi.

Erektil disfunktsiyaga uchragan erkaklarning ahvolini ratsionini meva va sabzavotlardagi flavonoidlar bilan to'ldirib yaxshilash mumkin. Bu birikmalar yallig'lanish darajasini pasaytiradi va immunitet himoyasini mustahkamlaydi. Bunday xulosa erektil disfunktsiyaga uchragan 25 000 erkak ahvolini o'n yillik tahlil qilish natijasida qilingan.

Olimlarning so'zlariga ko'ra, mevalarni faol iste'mol qilish (antosian va flavanonlarning asosiy manbai) erektil disfunktsiya xavfini 14% ga kamaytirgan. Flavanonlarni shuningdek choy, sabzavotlar, dukkakli ekinlar va qizil sharobda topish mumkin. Umuman olganda, namunasi O'rta dengiz dietasi bo'lgan sog'lom ovqatlanish ko'plab kasalliklardan saqlashi mumkin. Ular orasida erektil disfunktsiya xavfini oshiruvchi 2-toifa diabet ham bor.

Tahlilga ko'ra, disfunktsiyaga uchramagan kishilar ko'proq meva, sabzavot, yong'oq, butun donli mahsulotlar, baliq iste'mol qilishgan va kam qayta ishlangan go'sht hamda qayta ishlangan don mahsulotlarini iste'mol qilishgan. Agar kishi diabetga chalingan bo'lsa-da, to'g'ri ovqatlanishga harakat qilsa, undagi erektil disfunktsiya xavfi pasaygan.

O'rta dengiz dietasi ayollarning jinsiy holatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Buni 2-toifa diabetga chalingan 35-70 yoshli taxminan 600 ayol ishtirokidagi boshqa tadqiqot ko'rsatdi. Ma'lum bo'lishicha, dieta bo'yicha ovqatlangan ayollarda jinsiy faollik ko'proq kuzatilgan.

Qabulga yozilish

Sizga kerak maslahat?

Qabulga yoziling — qulay vaqtni tanlaymiz.

Yozilish
O'rta dengiz dietasi erektil disfunktsiyaga qarshi