Psoriaz — yallig'lanish ko'rinishida namoyon bo'ladigan, eng keng tarqalgan va og'ir teri kasalliklaridan biri. Yaqinda fransuz olimlari kasallikni to'g'ri ovqatlanish yordamida yengish mumkinligini bayon etishdi. Ular O'rta yer dengizi parheziga rioya qilishni taklif etishadi, deb xabar bermoqda "Mail.RU Yangiliklari". Ekspertlar 35 000 kishi o'rtasida so'rov o'tkazdilar, ulardan 3557 nafarida psoriaz aniqlangan edi (878 nafarida og'ir holatda). Respondentlar o'z parhezi va uning O'rta yer dengizi parheziga yaqinligi haqida gapirib berishdi. Ushbu parhezga ko'ra, organizmga foydali mononotoyingan yog'lar (zaytun moyi), antioksidantlar (mevalar, sabzavotlar), kletchatka (sabzavotlar va don mahsulotlari) tushadi. Shu bilan birga, go'sht, sut mahsulotlari va alkogol iste'moli kamayadi. Natijada, parhezi O'rta yer dengizi parheziga maksimal darajada yaqin bo'lgan kishilarda teridagi yallig'lanishlar kamroq bo'lgani aniqlandi. Olimlar shunday xulosaga kelishdi: parhez yallig'lanish jarayonlarini bostirish va kasallik belgilarini kamaytirishga yordam beradi.
Olimlar buni kalamushlar misolida amalga oshirishga muvaffaq bo'lishdi, deb xabar bermoqda Xinhua. Hayvon yangi joy haqidagi ma'lumotni o'zlashtirganida, miya hujayralari uzunroq signallar chiqarardi. Agar signallar yana uzunroq qilinsa, hayvonlar yaxshiroq eslab qolishardi. Gap miyaning xotira markazi — gippokampdagi signal faolligini modifikatsiya qilish haqida ketmoqda. Unga ta'sir o'tkazish o'rganish qobiliyatini kuchaytiradi. O'tkazilgan tajribalar doirasida olimlar kalamushlar xotira topshirig'ini bajarayotganda gippokamp hujayralarining signal faolligini qayd etishdi. Ma'lum bo'lishicha, o'tkir faollik to'lqinlari (EEG'da aks etardi) kalamushni odatdagi joy o'rniga yangi joyga qo'yganda o'nlab millisekundga uzunroq bo'lardi. Keyinchalik olimlar gippokamp hujayralarini ishlab chiqib, o'tkir to'lqinlarning tabiiy ketma-ketligiga ishlovchi neyronlarni qo'shdilar. Natijada o'tkir to'lqinlar kuchaytirildi va hayvonlarda xotira sifati 10-15 foizga oshdi. Bu ularga labirintda shirinlikni samaraliroq topishga imkon berdi.