Termik ishlov berilgan mahsulotlar mikroflorani o‘ziga xos tarzda o‘zgartiradi
Kaliforniya universiteti va Garvard olimlari: o‘simlik mahsulotlariga termik ishlov berish ichak mikroflorasini o‘zgartiradi, go‘sht esa hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Kaliforniya universiteti va Garvard olimlari: o‘simlik mahsulotlariga termik ishlov berish ichak mikroflorasini o‘zgartiradi, go‘sht esa hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Kaliforniya universiteti va Garvard universiteti xodimlari oziq-ovqat mahsulotlariga termik ishlov berish ichak mikroflorasini qanday o‘zgartirishini ko‘rsatdilar. Ma’lumki, mikroflora bilan organizmning ko‘plab funksiyalari bog‘liq — hazm qilish va modda almashinuvidan tortib, immunitet ishigacha.
Ma’lum bir parhez mikroflorani sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkinligi sir emas. Lekin tayyorlash usuli haqida ilk bor gap ketdi. Tajriba kemiruvchilarda o‘tkazildi: ular turli oziqlanish ratsionida saqlandi — xom go‘sht, pishirilgan go‘sht, xom shirin kartoshka yoki ishlov berilgan kartoshka bilan.
Ma’lum bo‘ldiki, go‘sht ishlov berish darajasidan qat’i nazar mikroflorga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi. Biroq shirin kartoshkaga ishlov berish hal qiluvchi rol o‘ynadi. Bunda nafaqat mikrofloraning bakterial tarkibi, balki genlar faolligi sxemalari va ishlab chiqariladigan metabolik mahsulotlar ham o‘zgardi. Ratsionga sabzi, no‘xat, oddiy kartoshka, makkajo‘xori, lavlagi kabi o‘simlik mahsulotlarining bir nechta turi kiritilganda ham xuddi shunday natija olindi.
Umuman olganda, ishlov berish ko‘proq kaloriyalarning ingichka ichakda so‘rilishiga imkon beradi, pastki bo‘limlarda yashaydigan bakteriyalar uchun esa kamroq oziqlanish qoldiradi. Shu bilan birga, ba’zi xom mahsulotlar bir qator mikroorganizmlar uchun nazariy jihatdan xavfli bo‘lgan antimikrob birikmalarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Qabulga yoziling — qulay vaqtni tanlaymiz.