Ertalab mashq qilish samaraliroq, eksperiment shuni ko'rsatdi
Kaliforniya universiteti: ertalabki mashqlar moddalar almashinuvini kuchliroq faollashtiradi — uglevodlar va yog'lar kechki mashqlarga qaraganda tezroq parchalanadi.
Kaliforniya universiteti: ertalabki mashqlar moddalar almashinuvini kuchliroq faollashtiradi — uglevodlar va yog'lar kechki mashqlarga qaraganda tezroq parchalanadi.
Mashqlar qon bosimini tartibga solish nuqtai nazaridan foydali ekanligi ma'lum. Ular hatto Altsgeymer kasalligi rivojlanishi xavfini ham kamaytirishi mumkin. Kaliforniya universitetining so'nggi tadqiqotlari esa, sport mashg'ulotlari metabolik buzilishlarga ega bo'lgan shaxslarga yordam berishini ko'rsatmoqda.
Ammo bu faqat odam ertalab mashq qilgan taqdirdagina ishlaydi. Olimlar bu xulosaga kemiruvchilar misolida kun davomida turli vaqtlarda skelet mushaklari metabolizmida sodir bo'lgan o'zgarishlarni tahlil qilib keldilar. Ma'lum bo'lishicha, ertalab (juda erta emas) hujayralar ko'proq kislorod yutadi va tanada yangilanish jarayoni faolroq ishga tushadi. Ya'ni ertalabki jismoniy faollik moddalar almashinuvini rag'batlantirdi.
Shuningdek, agar hayvonlar ertalab yugursa, ularda uglevodlar va ketonlar faolroq ishlatildi, yog'lar va aminokislotalar tezroq parchalandi. Demak, mashq vaqti muhim rol o'ynaydi. Kechki mashqlar bilan solishtirganda, ertalabki mashqlar skelet muskullarining metabolik yo'llariga va tizimli energiya gomeostaziga aniqroq ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Qabulga yoziling — qulay vaqtni tanlaymiz.