Inson uyg'ongandan keyin tez-tez bosh og'rig'ini sezadi. Tadqiqotchilarning so'zlariga ko'ra, bu D vitamini tanqisligi tufayli yuz beradi, deb xabar beradi "Pravda.RU". Bu vitamin yetishmovchiligi sochning to'kilishi va mushaklarning kuchsizlanishi bilan birga kuzatiladi. Tanqislikning kuchayishi raxit va suyak anomaliyalariga olib kelishi mumkin.
Uyqudan keyingi yomon ahvolga kelsak, u ko'p jihatdan mavsumiy xususiyatga ega. Statistikaga ko'ra, uyg'ongandan keyingi bosh og'rig'i ko'pincha qish faslida sezilib turadi. Ma'lumki, D vitamini tanada quyosh nuri ta'sirida ishlab chiqariladi. Qishda esa yoritilganlik darajasining pasayishi tufayli vitamin tanqisligi bilan bog'liq muammolar boshlanishi mumkin. Olimlarning fikricha, D vitamini tanqisligiga qarshi samarali kurash usuli - sayr qilish. Bundan tashqari, ratsionga jigar, yog'li baliq va tuxum sarig'ini kiritish kerak. Bu mahsulotlar tanadagi D vitamini yetishmovchiligini to'ldirishga yordam beradi. Maqola manbasi
Ispinok va sabzi A vitamini, tola va kaliyga boy. Biroq ular ichak mikroflorasiga turlicha ta'sir qiladi, deb qayd etadi The Daily Mail. Shuning uchun Minnesota universiteti mutaxassislari ularni bitta toifadagi mahsulotlarga kiritmaslikka chaqirmoqdalar. Ekspertlarning aytishicha: odatda odamlar mahsulotlarning foydasi va ta'sirini "go'sht", "sabzavotlar", "mevalar", "sut mahsulotlari" kabi yirik guruhlarga ajratib tahlil qiladilar. Lekin bu noto'g'ri. Asosiy ko'rsatkich - mikroflorasiga ta'sir. Olimlar 34 nafar ko'ngillini taklif qilishdi va ularning 17 kun davomida ratsioni qayd etildi hamda ichak mikroflorasi tahlil qilindi. Mikroflorasiga o'xshash ta'sir ko'rsatuvchi mahsulotlar bitta toifaga kiritildi. Masalan, kale va ispinok bir guruhga tushdi. Pomidor va sabzi esa, tarkibi o'xshash bo'lishiga qaramay, turli guruhlarga kiritildi. Shuningdek, aniqlanishicha, mikroflora individual xususiyatga ega - bir xil mahsulotlarni iste'mol qilish barcha ko'ngillilarda mikroflorani to'liq barqarorlashtirishga olib kelmadi - farqlar saqlanib qoldi. Olimlar eslatib o'tadi: mikroflora tananing ko'plab funksiyalari va og'ishlari, jumladan metabolik buzilishlar, autoimmun kasalliklar va infeksiyalar bilan bog'liqdir.