Tadqiqot: uyqu muammolari va yurak holati o'rtasida bog'liqlik bor
1,3 million kishi tahlili: uyqusizlikka genetik moyillik bo'lganda infarkt xavfi 13%ga, yurak yetishmovchiligi xavfi 16%ga yuqori.
1,3 million kishi tahlili: uyqusizlikka genetik moyillik bo'lganda infarkt xavfi 13%ga, yurak yetishmovchiligi xavfi 16%ga yuqori.
Uyqusizlikka uchragan odamlarda yurak ishemik kasalligi, yurak yetishmovchiligi va insult xavfi yuqori. 1,3 million kishining ma'lumotlari tahlil qilindi. Ma'lum bo'lishicha, uyqusizlikka genetik moyilligi bo'lgan shaxslar boshqalarga qaraganda yurak kasalliklaridan ko'proq aziyat chekishadi, deydi Karolinska institutidagi olimlar.
Ular uyqusizlik va yurak-qon tomir asoratlari (yurak yetishmovchiligi, ishemik insult va miltillovchi aritmiya) o'rtasidagi rol va bog'liqligi nuqtai nazaridan 248 ta genetik markerni (SNP) tahlil qilishdi. Aniqlanishicha, uyqusizlikka genetik xavfi bo'lgan odamlarda yurak xurujlari xavfi 13%ga, yurak yetishmovchiligi xavfi 16%ga va insultlar xavfi 7%ga yuqori.
Ma'lumki, uyqusizlik simpatik asab tizimi faolligining oshishiga olib keladi. Shunday qilib stress javobi rag'batlantiriladi. Bu javob asosan yurak-qon tomir tizimiga ta'sir qilib, yurak urish chastotasini, bosimni oshiradi, mushaklar qisqarishini kuchaytiradi, bu esa o'z navbatida insult va yurak yetishmovchiligi xavfini oshiradi. Boshqa tadqiqotlar yomon uyquni yuqori tana massasi indeksi va 2-tip diabet bilan bog'lashadi.
Qabulga yoziling — qulay vaqtni tanlaymiz.